IELTS Writing va Speaking · Telegram bot

Xatolarni yeydi.
Ballni o‘stiradi.

Essay yoki ovozli javobingizni yuboring. 2–4 daqiqada Bandzilla har bir xatoni topadi, tuzatib beradi va nega xato ekanini tushuntiradi. Ball — IELTS imtihonchilari ishlatadigan 4 mezon bo‘yicha.

@bandzilla_bot · Telegram’da ochiladi

  • 8 coin sovg‘a — birinchi tekshiruvlar bepul
  • Karta kerak emas
  • Coin faqat hisobot tayyor bo‘lganda yechiladi

Tanish holatmi?

Tayyorgarlikda eng qiyini — o‘z xatolaringizni ko‘rish

Essay yozildi. Kim tekshiradi?

O‘qituvchidan javob kunlab keladi. Bu orada siz yangi essay yozasiz — va o‘sha xatolarni yana takrorlaysiz.

Speaking uchun sherik yo‘q

Ko‘zgu oldida gapirasiz. Lekin ravonlik, talaffuz va grammatikangizni kim baholaydi?

Ball bor, sababi yo‘q

“6.0” degan raqam nimani tuzatishni aytmaydi. Qaysi gap, qaysi so‘z ballni tushirayotganini bilmaguncha, ball joyidan qimirlamaydi.

Bandzilla — cho‘ntagingizdagi IELTS murabbiyi. 24/7, Telegram’da, javob 2–4 daqiqada. Xatoga kuladi — sizga emas.

Hoziroq sinab ko‘rish

Namuna hisobot

Shunchaki ball emas — har bir xato izohi

Har bir tekshiruvdan keyin rangli PDF hisobot keladi. Quyida uning bir qismi — belgilangan so‘zlarni bosing va izohni o‘qing 👇

Bandzilla · Feedback report
IELTS Writing · Task 2

Technology and modern life

6.5Umumiy Band
Keyingi maqsad · 7.0
Task Response 7.0
Coherence & Cohesion 7.0
Lexical Resource 6.0
Grammatical Range & Accuracy 6.0
Kuchli ibora Gotcha: xato

In recent years, technology has become deeply embedded in almost every aspect of daily life. While some people believe this has made our lives unnecessarily complicated, others argue that it has genuinely simplified how we live and work. This essay will discuss both views before presenting my own opinion.

On one hand, critics point out that constant connectivity often leads to stress and information overload. Furthermore, the rapid pace of technological change mean1 that people must continuously learn new systems, which the older people especially find2 overwhelming.

On the other hand, supporters of technology highlight the enormous convenience it provides. Tasks that once took hours, such as paying bills, can now be completed in second3. …

BAND 7+

Shu mavzu uchun so‘zlar

  • deeply embedded
  • information overload
  • a double-edged sword
  • streamline daily tasks
  • digital fatigue
  • indispensable

Hisobotda nima bor

  • Umumiy Band va 4 mezon — har biriga alohida ball va nega aynan shu ball ekanining izohi
  • Matningizning o‘zida belgilar — xatolar va kuchli iboralar bir qarashda ko‘rinadi
  • Har bir xato tuzatilgan holda — nima uchun xato va to‘g‘risi qanday
  • 3 ta asosiy vazifa — eng ko‘p ball yeyayotgan xatolar birinchi navbatda
  • Siz uchun yozilgan model javob — aynan sizning savolingizga, yuqori ball olgan mualliflar uslubida va keyingi band darajasida
  • 10–12 ta Band 7+ so‘z va ibora — mavzuga mos, ma’nosi va misoli bilan
  • Progress va checklist — oldingi natijalaringiz bilan solishtirish va keyingi safar uchun eslatmalar

Ball qanday qo‘yiladi? IELTS imtihonchilari ishlatadigan Band Descriptors bo‘yicha: 4 mezon, 0–9 shkala. Har bir mezon 3 marta alohida baholanadi va o‘rtadagi ball olinadi.

O‘z essayimni tekshirish

Haqiqiy hisobotdan sahifalar

Bandzilla PDF hisobotining muqovasi: umumiy Band 6.5, 4 mezon bo‘yicha ball va 3 ta asosiy vazifa
1Muqova: umumiy ball, 4 mezon va 3 ta asosiy vazifa
Hisobot sahifasi: har bir xato, uning tuzatilgan varianti va izohi
2Har bir xato — tuzatish va izoh bilan
Hisobot sahifasi: o‘sha savolga yozilgan model javob, bir band yuqoriroq darajada
3Siz uchun yozilgan model javob
To‘liq Writing namunasini yuklab olish (PDF, 6 sahifa)
Speaking hisobotining muqovasi: umumiy Band 6.0, 4 mezon bo‘yicha ball va 3 ta asosiy vazifa
1Muqova: umumiy ball, 4 mezon va 3 ta asosiy vazifa
Speaking hisobot sahifasi: javoblar matni, xatolar, tuzatishlar va parazit so‘zlar belgilangan
2Javoblaringiz matni — xatolar va parazit so‘zlar belgilangan
Speaking hisobot sahifasi: nutq tezligi, uzun pauzalar, parazit so‘zlar va intonatsiya
3Ovozingiz o‘lchandi: sur’at, pauzalar, intonatsiya
Speaking hisobot sahifasi: har bir savolga model javob, Telegram’da ovozini tinglash mumkin
4Har bir savolga model javob — ovozini ham tinglaysiz
To‘liq Speaking namunasini yuklab olish (PDF, 7 sahifa)

Speaking

Xuddi imtihondagidek — savolma-savol

Bandzilla savollarni birma-bir beradi, siz ovozli xabar bilan javob berasiz. Oxirida barcha javoblaringiz birga baholanadi va bitta hisobot keladi.

  • Part 1, 2, 3 yoki to‘liq test

    O‘z savolingizni yuboring yoki Practice’dan tayyorini oling. To‘liq testda uchala part — bitta hisobotda.

  • Part 2 uchun cue card

    1 daqiqa tayyorgarlik, keyin 1–2 daqiqa gapirasiz — imtihondagi kabi.

  • Ovozingiz o‘lchanadi

    Talaffuz, sur’at, uzun pauzalar va “parazit” so‘zlar matndan emas, ovozingizning o‘zidan o‘lchanadi.

  • 4 mezon bo‘yicha ball

    Fluency & Coherence, Lexical Resource, Grammatical Range & Accuracy va Pronunciation — har biriga alohida.

Qanday ishlaydi

3 qadam — va hisobot qo‘lingizda

  1. 01

    Botni oching

    Telegram’da @bandzilla_bot’ni oching va “Start”ni bosing. Tilni tanlang — anketa yo‘q. Shu zahoti 8 coin sovg‘a olasiz.

  2. 02

    Savol va javobni yuboring

    Writing yoki Speaking’ni tanlang. Savol va javobni o‘zingizga qulay shaklda yuboring: matn, rasm, fayl yoki ovoz.

  3. 03

    Hisobotni oling

    2–4 daqiqada ball, har bir xato izohi, model javob va yangi so‘zlar bilan PDF keladi. Natijangizni do‘stlarga ulashishingiz ham mumkin.

Istalgan formatda yuboring:
  • ⌨️ Matn
  • 📷 Rasm
  • ✍️ Qo‘lyozma
  • 📄 PDF
  • 📝 Word
  • 🎤 Ovozli xabar
  • ⭕ Video-xabar

Imkoniyatlar

Bitta botda — butun tayyorgarlik

Practice: 700+ savol

So‘nggi imtihonlarda tushgan Writing va Speaking savollari, baza muntazam yangilanadi. Bajarganlaringiz ✅ bilan belgilanadi, “Keyingi savol” bilan to‘xtamay mashq qilasiz.

Task 1 grafiklari

Grafik yoki diagramma rasmini ham yuboring — Bandzilla javobingizdagi har bir raqamni rasmdagi ma’lumot bilan solishtiradi.

Progress ko‘rinib turadi

“Hisobim”da barcha hisobotlaringiz arxivi va ballingiz dinamikasi — rangli statistika kartasida.

Shaxsiy lug‘at

Hisobotlardagi foydali so‘zlar “Lug‘atim”ga o‘zi tushadi — tarjimasi bilan. Oraliqli takrorlash, test va kunlik eslatma bilan yodlaysiz.

24/7, o‘zbek va rus tilida

Tunda ham, imtihon arafasida ham ishlaydi. Bot o‘zbek va rus tillarida gaplashadi.

Narxlar

Boshlash — bepul

Botga birinchi kirganingizda 8 coin sovg‘a. Keyin har bir tekshiruv uchun coin bilan to‘laysiz — obuna yo‘q, coin muddati tugamaydi.

Bitta tekshiruv narxi

1 coin = 1 000 so‘m. Coin faqat hisobot tayyor bo‘lganda yechiladi.

Writing

  • Task 14 coin
  • Task 25 coin

Speaking

  • Part 16 coin
  • Part 25 coin
  • Part 38 coin
  • To‘liq test (Part 1+2+3)16 coin

Sovg‘a

Botni sinab ko‘rish uchun

8 coin0 so‘m

  • Masalan, ikkita Writing Task 1, bitta Task 2 yoki bitta Speaking part
  • Writing va Speaking
  • To‘liq PDF hisobot
  • Practice, lug‘at va progress
Bepul boshlash

Coin paketlari

Kerakicha oling — katta paketda arzonroq

850–1 000so‘m / coin

Coin paketlari narxi
10 coin10 000 so‘m
25 coin23 000 so‘m−8%
50 coin45 000 so‘m−10%
100 coin88 000 so‘m−12%
200 coin170 000 so‘m−15%

Coin muddatsiz · to‘lov karta orqali

Botda sotib olish
O‘qituvchi va markazlar uchun

Markaz paketlari

Talabalaringiz tekshiruvlarini siz to‘laysiz

720so‘m / coin dan

Markaz paketlari narxi
500 coin400 000 so‘m−20%
1 000 coin780 000 so‘m−22%
2 500 coin1 875 000 so‘m−25%
5 000 coin3 600 000 so‘m−28%
  • Guruh, vazifa va mock test
  • Talabalarga coin ulashish, kunlik limit, haftalik hisobot
Botda sotib olish

Do‘stingizni taklif qiling. U birinchi marta coin sotib olganda ikkalangizga 5 coindan bonus. Havolangiz botdagi “👤 Hisobim” bo‘limida.

To‘lov karta orqali: o‘tkazma qilasiz, chek rasmini botga yuborasiz, tasdiqlangach coinlar hisobingizga tushadi.

O‘qituvchi va o‘quv markazlari uchun

Butun guruhingiz — bitta botda

O‘qituvchi sifatida so‘rov yuboring — tasdiqlangach guruh ochasiz. Talabalar taklif havolasi orqali qo‘shiladi, siz esa har birining ishlari soni, o‘rtacha bali va so‘nggi faolligini ko‘rasiz.

  • Taklif havolasi bilan qo‘shilish
  • Har bir talaba statistikasi va hisobotlari
  • Vazifa va mock test — muddatdan oldin eslatma bilan
  • Talabalarga coin ulashing yoki tekshiruvlarini o‘zingiz to‘lang
  • Har dushanba — haftalik hisobot
Guruh ochish

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Javob topmadingizmi? Botga yozing — yordam beramiz.

Botga yozish
Bandzilla qo‘ygan ballga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

Bandzilla IELTS imtihonchilari ishlatadigan rasmiy Band Descriptors bo‘yicha baholaydi: o‘sha 4 mezon, o‘sha 0–9 shkala. Har bir mezon 3 marta alohida baholanadi va o‘rtadagi ball olinadi — shuning uchun natija barqaror. Eng muhimi, har bir ball ortida sabab bor: qaysi gap, qaysi so‘z ballni tushirgani ko‘rsatiladi. Rasmiy IELTS sertifikatini esa faqat imtihon markazi beradi.

Qo‘lda yozgan essayimni yuborsam bo‘ladimi?

Ha. Rasmga olib yuboring — bir nechta sahifa bo‘lsa, albom qilib. Bandzilla matnni o‘qiydi va tekshirishdan oldin sizga ko‘rsatadi: biror so‘zni noto‘g‘ri o‘qigan bo‘lsa, tuzatib yuborasiz.

Natija qancha vaqtda chiqadi?

Odatda 2–4 daqiqada. Bandzilla tahlil qilayotganini yozib turadi va hisobot tayyor bo‘lishi bilan PDF’ni yuboradi.

Speaking’ni qanday topshiraman?

Part’ni yoki to‘liq testni tanlang, savollarni yuboring (yoki Practice’dan tayyorini oling) va har biriga ovozli xabar bilan javob bering. Video-xabar va audio fayl ham qabul qilinadi.

Bitta tekshiruv necha coin turadi?

Writing Task 1 — 4 coin, Task 2 — 5 coin. Speaking Part 1 — 6, Part 2 — 5, Part 3 — 8, to‘liq test (Part 1+2+3 bitta hisobotda) — 16 coin. Coin faqat hisobot tayyor bo‘lganda yechiladi.

Sovg‘a coinlar tugasa-chi?

Coin paketini olasiz: 10 coin — 10 000 so‘m, 25 — 23 000, 50 — 45 000, 100 — 88 000, 200 — 170 000 so‘m. Coin muddatsiz. To‘lov karta orqali: o‘tkazma qilasiz, chek rasmini botga yuborasiz, tasdiqlangach coinlar hisobingizga tushadi.

Hisobotlarim saqlanib qoladimi?

Ha. “👤 Hisobim” → “Tarix”da istalgan hisobotni qayta yuklab olasiz, “Statistika”da esa ballingiz qanday o‘sayotganini ko‘rasiz.

Bot qaysi tilda?

Interfeys o‘zbek va rus tillarida — birinchi kirishda tanlaysiz, keyin “Hisobim”dan o‘zgartirsa bo‘ladi. Essay va javoblar, albatta, ingliz tilida; PDF hisobot ham ingliz tilida.

Keyingi essayingizni bugun tekshiring

Birinchi tekshiruvlar sovg‘a coinlar hisobidan — bepul. Botni oching, bir daqiqada boshlaysiz.

Botni ochish — bepul

Kompyuterdamisiz? Telefon kamerasi bilan skanerlang

Bepul tekshirib ko‘rish